“Асака донмахсулотлари”да 2018 йилда инвеститца лойхаларини бажарилиши.

 

2018 йилда ишга тушурилиши режалаштирилган инвеститца лойихаларидан чорвачилик, паррадачилик ва балиқчиликни ривожлантириш хамда ахолини сифатли ем махсулотларига бўлган талабини қондириш мақсадида Туркия давлатининг “ERKAN MAKINA” компанияси билан “Гранулали ем” ишлаб чиқариш линясини сотиб олиш учун шартнома тузилган. Барча молиявий масалалар хал қилиниб, хозирги кунда технологик дастгохлар жамиятнинг омборига келтирилиб тушурилмоқда. Омихта-ем цехида еса дастгохларни ўрнатиш учун тайёоргарлик ишлари бошлаб юборилди. Гранулалик ем ишлаб чиқариш линясини ишга тушуриш муддати шу йилнинг май ойига белгиланган

“Асака донмахсулотлари” акциядорлик жамиятида иш хақи ошди

                                Похожее изображение

    "Асака донмахсулотлари" акциядорлик жамияти

  Жамиятда мехнат қилаётган ишчи-ходимларнинг даромадлари ва турмуш даражаси янада муттасил ошириб бориш, ижтимоий мададни кучайтириш мақсадида ишчи-ходимларнинг иш хақи 1.15 бараварга оширилди

Энди экин экилмаган ёки ободонлаштирилмаган томорқа учун уч баробар ер солиғи тўланади

 

Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексининг 291-моддасига Якка тартибда уй-жой қуриш ва уй-жойни ободонлаштириш учун берилган ер участкаларининг томорқа қисмига қишлоқ хўжалиги экинлари экилмаган ёки уни ободонлаштирилмаган ҳолларда қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда уч баробар миқдорда ер солиғи тўланишини белгиловчи қўшимча киритилди. Бу ҳақда Давлат солиқ қўмитаси Жамоатчилик билан алоқалар ва ҳуқуқий ахборот бўлими хабар бермоқда.   

Мазкур қўшимча Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 10 октябрдаги ПҚ-3318-сон қарори билан тасдиқланган Фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари фаолиятини янада ривожлантириш, уларнинг экин майдонларидан самарали фойдаланишни ташкил этиш бўйича чора-тадбирлар Дастурининг 3-бандидан келиб чиққан ҳолда, Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 декабрдаги “Солиқ ва бюджет сиёсатининг 2018 йилга мўлжалланган асосий йўналишлари қабул қилинганлиги муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги ЎРҚ-454-сон қонуни билан киритилди.

Prezident Vatan himoyachilarini mukofotladi

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Vatan himoyachilari kuni va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda O'zA xabar bergan.

Davlatning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta`minlash ishiga qo'shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta`minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog'ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko'rsatgani uchun quyidagilar mukofotlandi:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Sunnatov Ixtiyer Xikmatovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qo'shinlari qo'mondonining o'rinbosari

Shariksiyev Badritdin Usmanovich – O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan

Atadjanov Alisher Olimovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Rozmetov Sherzat Turgunbayevich – O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandiri

Tursoatov Sodiq Xudoyor o'g'li – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yuridik ta`minlash bo'linmasi katta yuriskonsulti

Xanikulov Uktamjon Validjonovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism batalon komandiri

«Do'stlik» ordeni bilan

Prokudin Nikolay Pavlovich – O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi texnika va qurol-aslaha bo'limi boshlig'i

Salnikov Andrey Aleksandrovich – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti

«Mardlik» ordeni bilan

Abdukadirov Vali Abdukaxarovich – O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tez harakat qilish respublika ko'p tarmoqli markazi qutqaruvchisi

Beknazarov Islam Sarsenbayevich – Toshkent shahar Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori

Kurbanov Ismoil Xudaynazarovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri

Mansurov Maxmudjon Raximovich – Andijon viloyati Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi qo'riqlash bo'limi safdor xodimi

Tulaboyev Zuxriddin Zokirjonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh mutaxassisi

Xujaaxmatov Azizbek Odiljonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri

Shamshidinov Abdurashid Yuldashboyevich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitasining Chegara qo'shinlari mintaqaviy shtabi guruh komandiri

Yusupov Alisher Anvarovich – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati brigadasi haydovchi-xodimi

«Jasorat» medali bilan

Azimov Shuxratbek Sanjar o'g'li – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Albekov Ulug'bek Avazovich (marhum) – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitasi guruhining chegara posti mutaxassisi

Amonov O'ktamxo'ja Olimovich – Navoiy viloyati Navoiy shahar ichki ishlar bo'limi jinoyat qidiruv bo'limi boshlig'ining o'rinbosari

Astanov Oybek Uktamovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh komandiri

Begimqulov Vohid Xo'jayevich – Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

Durdiyev Erkinbay Utamuratovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Dustkulov Maxamatsoli Maxamatsodikovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh komandiri

Ismailov Kamal Lipillayevich – Davlat bojxona qo'mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i

Karimov Farrux Nishonovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Qodirov Muminjon Mamirovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitasining Chegara qo'shinlari mintaqaviy shtabi vzvodi mutaxassisi

Madaminov Abdulxamid Marifjon o'g'li – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh mutaxassisi

Mamarasulov Sardor Eshmamat o'g'li – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh mutaxassisi

Murodov Mansur Mamarajabovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Muxidinov Davron Raximdjanovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Narziyev Ruslan Xolmatovich (marhum) – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitasi guruhining vzvodi mutaxassisi

Nuriddinov G'olib Buriyevich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Olimov Kozimjon Nozimjonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bo'linma boshlig'i

Otamurodov Umid Xabibovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitasining Chegara qo'shinlari mintaqaviy shtabi vzvod komandiri

Raximbayev Pulat Komilovich – Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumani ichki ishlar bo'limi qo'riqlash bo'limi safdor xodimi

Raximkulov Muxtorjon Murotjonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh mutaxassisi

Raxmatov Umid Axmadovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Turdiyev Uyg'un Raxmatullayevich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Ubaydullayev Qutbiddin Baxtiyorovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Xaytkulov Sirajiddin Sunnatillayevich – Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Angren shahar yong'in xavfsizligi bo'limi harbiylashtirilgan yong'in xavfsizligi qismi bo'linma komandiri

Xalikov Tulkin Turgunovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Xalimbetov Rashidjon Baxtiyarovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Xidirov Alimardon Avlokulovich – Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shahrisabz shahar qutqaruv otryadi qutqaruvchisi

Xolmatov Shavkat Shuxratovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari

Shadmanov Alibek Abduxakimovich (marhum) – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kattaqo'rg'on tumani yong'in xavfsizligi bo'limi harbiylashtirilgan yong'in xavfsizligi qismi katta yong'in o'chiruvchisi

Yusupov Xusan Baxtiyarovich – Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Guliston shahar yong'in xavfsizligi bo'limi harbiylashtirilgan yong'in xavfsizligi qismi katta texnigi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Abdullayev Akbarali Erkinovich – Namangan viloyati Namangan tumani ichki ishlar bo'limi profilaktika katta inspektori

Avazov Qudratjon Abdugafforovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Amirov Nodir Uskun o'g'li – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilyasi zveno komandiri

Atadjanov Umidbek Bagibekovich – O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qo'riqlashni ta`minlash bo'yicha alohida bataloni komandiri

Axmedov Azlar Muratovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Jurayev Rustam Abdurayimovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh komandiri o'rinbosari

Karimov Dilshodbek Tolibjonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo'mondon-muhandislik bilim yurti bataloni komandiri

Kucharov Baxriddin Izzatullayevich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali travmatologiya bo'limi boshlig'i – bosh travmatolog

Mamarasulov Shuxrat Rustamovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilyasi komandirining o'rinbosari

Maxramov Xusen Kuvandikovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qo'shinlari qo'mondonining o'rinbosari

Mashrabov Ibroxim Muminovich – O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Namangan avtomobil maktabining o'quv ishlab chiqarish katta ustasi

Metinov Dilshodjon Muxamadjonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug shtabi bo'lim boshlig'i

Noraliyev Xamidjon Jumaboyevich – Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi qutqaruvchisi

Norqulov Rustam Orifovich – O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qutqaruv kuchlari boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

Nuridinov Azamat Abdulazizovich – Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori

Omonov Mansur Rajabovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Sabirov Erkaboy Erkinbayevich – O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong'in xavfsizligi instituti kafedra boshlig'i

Sanoyev Sulton Sulaymonovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitasining Chegara qo'shinlari mintaqaviy shtabi xizmat boshlig'i

Sirajov Jaxongir Ibrogimovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilyasi komandirining o'rinbosari

Soliyev Jaxongir Tashpulatovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh katta mutaxassisi

Temirov Raxmatjon Sobirovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh komandiri

Tojibayev Iskandar Alijonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism post boshlig'i

Umarov Muxiddin Muysinovich – O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi kafedrasi sikli boshlig'i

Ummatov Saidjon Abduraxmonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalon komandiri

Xudoynazarov Xurshid Xalimnazarovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism divizion komandiri

Shakarov Baxodir Ergashovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

«Shuhrat» medali bilan

Abdugaffarov Umidjon Xayrullayevich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Abdullayev Jasurbek Murodovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi seksiyasi komandiri

Akbarova Yelena Nikolayevna – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali bo'lim mudirasi – shifokor endoskopisti

Alponov Muhammadi Normurod o'g'li – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitasining Chegara qo'shinlari mintaqaviy shtabi vzvodi nazoratchisi

Baxriyev Golib Abdushukurovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bataloni batareya komandiri

Boydadayev Shavkatjon G'ulomovich – Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar ichki ishlar bo'limi profilaktika inspektori

Bomurodov Muhiddin Atoboyevich – Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi feldsher-qutqaruvchisi

Gaybullayev Tolib Toshmurodovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Grebenyuk Vladimir Anatolevich – O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo'mondonligi bo'limi xizmat boshlig'i

Jumabayev Farxodjon Paziljonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bataloni komandiri

Jurayev Sherbek Raxmatillayevich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bataloni komandiri

Imomaliyev Baxrom Xasanboyevich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism divizioni batareya katta texnigi

Kamolov Avazbek Abdiraximovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh seksiyasi komandiri – hisob komandiri

Kosimov Jamoliddin Abduxalilovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh seksiyasi komandiri – texnik

Mavlonov Kamoliddin Bobaraxmatovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Mamadaliyev Oybek Asiljonovich – Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi guruh komandiri

Mannanov Rustam Uktamovich – Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Maxmudov Shafoat Tulkinboyevich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism otryadi guruh komandirining o'rinbosari

Nazarov Zarif Ozodovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi guruh komandirining o'rinbosari – yo'riqchi

Nishonov Axrorbek Akbaraliyevich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Oripov Akram Foziljonovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism otryadi vzvod komandirining yordamchisi

Pardayeva Elzara Ergashevna – O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maxsus avariya-tiklash boshqarmasi tibbiyot punkti feldsheri

Rajabov Zair Zakiraliyevich – Toshkent shahar Yakkasaroy tumani ichki ishlar boshqarmasi texnik qo'riqlash punkti safdor xodimi

Raimov Abdurasul Abduvaliyevich – Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi radiatsion, kimyoviy va biologik (bakteriologik) muhofaza guruhi qutqaruvchi-biolog-razvedkachisi

Raimov Iles Farmonovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism vzvodi guruh mutaxassisi

Safarov Otabek Nasilloyevich – O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Suleymanov Anton Olegovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism sexi chilangari

Umarov Muxammad – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bataloni guruh katta mexanigi

Utapulatov Alimardon Turamurodovich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri

Xamzayev Nodir Baxodirovich – O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo'shinlari bosh boshqarmasi harbiy qism qorovul boshlig'i

Xujamurodov Abdijalol Abdukaxorovich – O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism vzvodi guruh mutaxassisi

Sharipov Gulomjon Parmonaliyevich – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism divizioni batareya katta texnigi

Sharifboyev Otabek Shuxratovich – Davlat bojxona qo'mitasi Andijon viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo'limi katta tezkor vakili

Yaxshiboyev Ilxom Abriyevich – Harbiy-qurilish yo'nalishidagi Samarqand akademik litseyi o'qituvchisi

Шавкат Мирзиёевнинг келгуси хориж сафари қайси давлатга бўлади?

Жорий йилнинг 18-20 сентябрь кунлари расмий сафар билан АҚШда бўлган Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев Нью-Йорк шаҳридаги БМТ бош қароргоҳида нутқ сўзлаб, бир неча долзарб масалалар ва уларнинг ечимини дунё ҳамжамиятига етказди. Ушбу расмий ташриф, сўнгги 7 ой давомида Ўзбекистон раҳбарининг хорижий сафарлари ҳисобида ўн иккинчиси саналади. Kun.uz​ мухбири қуйида ана шу барча сафарларнинг қисқача сарҳисобини ҳавола этади.

6-7 март кунлари Туркманистон, Ашхобод



Фото: ЎзА

Ўзбекистон Республикаси президентининг фаолияти давомидаги илк расмий ташрифи Туркманистон Республикасидан бошланди. Унда Шавкат Мирзиёев Туркманобод вилоятида қад ростлаган марҳум президент, давлат арбоби Ислом Каримовнинг бюстининг очилиш маросимида иштирок этди.

22-23 март кунлари Қозоғистон, Остона



Фото: Today.kz

Яхши қўшничилик алоқаларини ривожлантириш мақсадида иккинчи ташриф ҳам Марказий Осиё давлатларидан бири Қозоғистонга бўлди.

4-5 апрель кунлари Россия, Москва



Фото: Kremlin.ru

Расмий ташриф билан Россияга жўнаб кетган Шавкат Мирзиёев Москва шаҳрида президент Владимир Путин билан учрашди.

29 апрель куни Қозоғистон, Жанубий Қозоғистон вилояти



Фото: bnews.kz

Ўзбекистон раҳбари ишчи ташриф билан Жанубий Қозоғистон вилоятида президент Нурсултон Назарбоев билан учрашди.

10-14 май кунлари Хитой, Пекин



Фото: Ria.ru

Расмий ташриф билан Хитойда бўлган Шавкат Мирзиёев "Бир йўл, бир макон” халқаро форумида ҳам иштирок этди. Шунингдек, у Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған билан учрашган.

19-20 май кунлари Туркманистон, Ашхобод



Фото: ЎзА

Ишчи ташриф билан Шавкат Мирзиёев шу кунлари Ашхобод шаҳрида бўлди.

20-21 май кунлари Саудия Арабистони, Ар-Риёд

Ислом-АҚШ саммитида иштирок этиш учун жўнаб кетган Шавкат Мирзиёев Ар-Риёд шаҳрида Озарбойжон, Тожикистон, Қозоғистон, АҚШ, Афғонистон президентлари ҳамда Қирғизистон Бош вазири, Туркия Ташқи ишлар вазири ва Саудия Арабистони Қироли билан ҳам учрашди.

8-9 июнь кунлари Қозоғистон, Остона



Фото: bnews.kz

Шу кунлари ўтказилган Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарларининг навбатдаги йиғилишида иштирок этиш учун Остонага жўнаб кетган Шавкат Мирзиёев Остона-EXPO​ кўргазмасининг очилиш маросимида ҳам иштирок этди. Шунингдек, давлат раҳбари Испания қироли, Қирғизистон, Афғонистон президенти ҳамда Ҳиндистон ва Покистон Бош вазирлари билан учрашган.

5-6 сентябрь кунлари Қирғизистон, Бишкек

Тарихий аҳамиятга эга расмий ташриф сўнгги ўн етти йил ичида илк маротаба амалга оширилди. Унда бир нечта ҳужжатлар, жумладан икки давлат чегара масалаларига оид ҳужжатлар имзоланди.

9-10 сентябрь кунлари Қозоғистон, Остона



Фото: bnews.kz

Ислом ҳамкорлик ташкилотининг Фан ва технологиялар саммитида иштирок этиш учун жўнаб кетган Ўзбекистон президенти Остона-EXPO​ кўргазмасининг ёпилиш маросимда ҳам иштирок этди. Шунингдек, Туркия, Эрон ва Афғонистон президентлари учрашди.

17 сентябрь куни Туркманистон, Ашхобод



Фото: ЎзА

Мамлакат раҳбари бешинчи марта ташкил этилган Ёпиқ иншоотларда ўтказилган Осиё ва яккакураш санъати ўйинларининг очилиш маросимида иштирок этди. Унда Тожикистон ва Туркманистон президентлари билан учрашди. 

18-20 сентябрь кунлари АҚШ, Нью-Йорк



Фото: ЎзА

БМТ Бош ассамблеясининг 72-сессиясида нутқ сўзлаган президент Шавкат Мирзиёев Нью-Йорк шаҳрида кейинроқ БМТ Бош котиби, Болгария президенти, Грузия Бош вазири, Жаҳон Банки президенти, БМТнинг Инсон ҳуқуқлари бўйича Олий комиссари, Халқаро Валюта фонди бошқарувчи директори билан суҳбатлашиб, Ўзбек-АҚШ бизнес форумида иштирок этди. Шунингдек, президент Нью-Йоркда истиқомат қилаётган ўзбекистонликлар билан учрашди.



Ўзбекистон Республикаси президенти келгусида Туркияга расмий сафар билан ташриф буюриши эълон қилинган бўлиб, тез орада ушбу хорижий сафар амалга оширилиши кутилмоқда.

Шавкат Мирзиёев жорий йилнинг 11 октябрь куни Россиянинг Сочи шаҳрида бўлиб ўтадиган навбатдаги МДҲ аъзо давлат раҳбарларининг йиғилишида иштирок этиши режалаштирилган. Ҳозирча бу маълумотни Ўзбекистон президенти матбуот хизмати тасдиқламади.

Айрим тасдиқланмаган хабарларга кўра, давлат раҳбари йил давомида Жанубий Кореяга ҳам боради.

test2903